Hamkorlik dasturi
Bir marta tavsiya qiling.
Har oy ulush oling.
Tanishingizning biznesiga Qulayni tavsiya qilasiz. Mehnat bir martalik — ulush esa u to'lagan har oy takrorlanadi. Har yangi mijoz o'zining 12 oyini olib keladi.
Ro'yxatdan o'tish bepul. Sotuv rejasi ham, majburiyat ham yo'q.
To'rt qadam
Boshqa hech narsa talab qilinmaydi.
- 01
Ro'yxatdan o'ting
Faqat email. Unga bir martalik havola keladi — parol o'ylab topish shart emas.
- 02
Havolangizni oling
Har servisga alohida havola. Uni tanishingizga yuboring yoki ijtimoiy tarmoqqa qo'ying.
- 03
Mijoz ro'yxatdan o'tadi
Havolangiz orqali kelgan biznes avtomatik sizga biriktiriladi. Hech kimga aytib o'tirish shart emas.
- 04
Har to'lovdan ulush
Mijoz oylik to'lovini qilgani zahoti sizning kabinetingizda ulush paydo bo'ladi.
Har mijoz — o'z 12 oyi
12 oy sizga emas, HAR BIR MIJOZGA beriladi. Birinchi biznesni olib keldingiz — undan 12 oy olasiz. Ikkinchisini olib keldingiz — uning hisobi noldan, yana 40% dan boshlanadi.
- 40%
1–6 oy
Birinchi yarim yil — eng katta ulush.
- 20%
7–9 oy
Keyingi uch oy.
- 15%
10–12 oy
Yilning oxirgi uch oyi.
Hisob har mijoz uchun ALOHIDA yuritiladi. Beshta mijoz olib kelsangiz — beshta mustaqil 12 oy.
Beshta servis, beshta havola
Har servisning o'z havolasi bor. Tanishingiz qaysi biriga muhtoj — o'shanisini yuboring.
Davomat
Yuz orqali ishga kelish-ketish nazorati
HRM
Kadrlar, vazifalar, rekruting
Savdo
Do'kon va kassa boshqaruvi
Moliya
Pul oqimi, foyda, balans
Ta'lim
O'quv markazi va maktab
Ochiq shartlar
Ulush har to'lovdan
Bir martalik mukofot emas. Mijoz to'laydi — sizga tushadi.
Kabinetda hamma narsa ko'rinadi
Qaysi mijoz, qaysi oy, qancha foiz, qancha summa. Hisob-kitob yashirin emas.
To'lov bank orqali
Profilingizga manzil, STIR va bank rekvizitlarini yozasiz — to'lov o'sha hisobga tushadi.
Savollar
- Buning uchun pul to'lashim kerakmi?
- Yo'q. Ro'yxatdan o'tish ham, havola olish ham bepul. Hech qanday boshlang'ich to'lov yoki obuna yo'q.
- Nechta mijoz olib kelishim mumkin?
- Cheklov yo'q. Har bir mijoz alohida hisoblanadi va har biridan 12 oy davomida ulush olasiz.
- Ulush qachon to'lanadi?
- Mijoz to'lov qilgani zahoti kabinetingizda ulush hisoblanadi. To'lash uchun profilingizda manzil, STIR va bank rekvizitlari to'ldirilgan bo'lishi kerak.
- Mijoz ikkita servisdan foydalansa-chi?
- Ulush faqat siz yuborgan havoladagi servisdan hisoblanadi. Ikkinchi servis uchun alohida havola yuborishingiz kerak.
- Mijoz to'lovni qaytarib olsa nima bo'ladi?
- O'sha to'lovdan hisoblangan ulush bekor qilinadi. Agar u sizga allaqachon to'langan bo'lsa, keyingi to'lovlardan ushlab qolinadi.
- O'z biznesimni biriktira olamanmi?
- Yo'q. O'z tashkilotingizga o'zingiz to'lab, o'sha to'lovdan ulush olish mumkin emas — bu chegirma bo'lardi, hamkorlik emas.
- Ulush qancha muddat to'lanadi?
- Har mijoz uchun 12 oy — alohida hisoblanadi: 1–6 oy 40%, 7–9 oy 20%, 10–12 oy 15%. Bu muddat sizga emas, mijozga tegishli: yangi mijoz olib kelsangiz, uning 12 oyi noldan boshlanadi. Ya'ni mijoz qo'shgan sari daromadingiz davom etadi.